AQSh Prezidenti Donald Trump O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga yo‘llagan maktubida Yaqin Sharqdagi mojarolarni hal etishga qaratilgan xalqaro tashabbusga qo‘shilish bo‘yicha rasmiy taklif bildirgan. Mazkur tashabbus 2025 yil 29-sentabrda e’lon qilingan bo‘lib, u G‘azodagi mojaroni tugatish bo‘yicha kompleks reja asosida ishlab chiqilgan va BMT Xavfsizlik Kengashining 2803-sonli rezolyutsiyasi bilan ma’qullangan.
Tashabbus doirasida uzoq muddatli tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga mas’ul bo‘lgan davlatlarni birlashtiruvchi yangi xalqaro tuzilma — Tinchlik kengashini tashkil etish ko‘zda tutilgan. O‘zbekistonga usbu kengashga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilish taklif etilgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev javob maktubida O‘zbekiston mazkur tashabbusni Yaqin Sharqdagi ko‘p yillik nizolarni hal etish yo‘lidagi muhim qadam, deb baholab, Tinchlik kengashiga ta’sischi davlat sifatida qo‘shilishga tayyor ekanini bildirgan.






