AsosiyJamiyat

Trump: “Nobel berilmaganidan keyin faqat tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”

AQSh prezidenti Donald Tramp Norvegiya bosh vaziriga yo‘llagan maqtubida Nobel tinchlik mukofotini olmagani sabab o‘z pozitsiyasini qat’iylashtirganini aytdi hamda Grenlandiya masalasini yana ko‘tardi.

'Trump: “Nobel berilmaganidan keyin faqat tinchlik haqida o‘ylashga majbur emasman”'ning rasmi

PBS xabariga ko‘ra, Donald Trump Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Stere’ga yozgan maktubida Yevropa va Daniyani tanqid qilib, AQSh manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishini bildirgan. Uning ta’kidlashicha, Nobel tinchlik mukofoti berilmagandan so‘ng u endi o‘zini faqat tinchlik haqida o‘ylashga majbur deb hisoblamaydi.

Trump maktubda sakkizta va undan ortiq urushlarni yakunlaganini eslatib, shunga qaramay mukofot berilmaganini adolatsizlik sifatida baholagan. Shuningdek, u Grenlandiyaga alohida to‘xtalib, Daniya orolni Rossiya yoki Xitoydan himoya qila olmasligini iddao qilgan.

AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Vashington Grenlandiya ustidan to‘liq nazorat o‘rnatmaguncha, global xavfsizlik ta’minlanmaydi.

    Boshqa yangiliklar