AsosiyJamiyat

Chet eldagi o‘zbekistonliklarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatiladi

Murakkab vaziyatga tushgan fuqarolarga bir martalik nafaqa, aviachipta va tibbiy xarajatlar uchun mablag‘ ajratilishi mumkin.

'Chet eldagi o‘zbekistonliklarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatiladi'ning rasmi

Migratsiya agentligi axborotiga ko‘ra, xorijda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolari qiyin ahvolga tushgan taqdirda ularga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatiladi.

Ma’lum qilinishicha, og‘ir moliyaviy holatga tushib qolgan fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravaridan 5 baravarigacha bir martalik yordam ajratilishi mumkin. Zarurat bo‘lsa, ariza asosida vatanga qaytish uchun aviachipta ham olinadi.

Shuningdek, xorijda og‘ir kasallikka chalingan yoki baxtsiz hodisaga uchragan fuqarolarning 1 mingdan 1,5 ming dollargacha bo‘lgan tibbiy xarajatlari qoplanadi. Yashash joysiz qolganlarga esa 30 kungacha hostel bilan ta’minlash choralari ko‘riladi.

Og‘ir vaziyatga tushgan xotin-qizlar va ularning farzandlarini vatanga beg‘araz qaytarish imkoniyati ham mavjud.

    Boshqa yangiliklar