AsosiyBu qiziq

Bugun qayerlarda qor yog'ishi aytildi

“O‘zgidromet” bugun, 16 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

'Bugun qayerlarda qor yog'ishi aytildi'ning rasmi

Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, kechqurun qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 6-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-4 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlaridahavo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun tushdi'ning rasmi

    Bu qiziq 15.01.2026 11:45

    Dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi kun tushdi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 16 yanvarda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 15.01.2026 04:08

    'Bugun ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    Bu qiziq 15.01.2026 03:01

    Bugun ayrim hududlarda qor yog‘ishi mumkin

    “O‘zgidromet” 15 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

    'Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?'ning rasmi

    Bu qiziq 14.01.2026 02:52

    Bugun qanday ob-havo bo‘ladi?

    14 yanvar kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumoti eʼlon qilindi.

    'Dollar kursi pasaydi'ning rasmi

    Bu qiziq 13.01.2026 11:53

    Dollar kursi pasaydi

    Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 14 yanvar kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.

    ''ning rasmi

    Bu qiziq 13.01.2026 02:53