AsosiyDunyo

Oʻzbekiston tashqi siyosat konsepsiyasini yangilaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev jahondagi geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida O‘zbekistonning tashqi siyosat faoliyati kontseptsiyasini qayta ko‘rib chiqish zarurligini ta’kidladi.

'Oʻzbekiston tashqi siyosat konsepsiyasini yangilaydi'ning rasmi

Davlat rahbarı raisligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda xalqaro munosabatlardagi beqarorlik, mintaqaviy qarama-qarshiliklar va global iqtisodiy transformatsiyalar tashqi siyosatdan yangi, faol va natijaga yo‘naltirilgan yondashuvni talab qilayotgani qayd etildi.

Prezidentning ta’kidlashicha, yangi konsepsiya O‘zbekistonning uzoq muddatli strategik maqsadlari, ichki islohotlar mantig‘i hamda iqtisodiy diplomatiya, xavfsizlik, investitsiya, eksport, transport-logistika, suv va iqlim sohalaridagi milliy manfaatlarni yaxlit holdak aks ettirishi lozim.

Shuningdek, elchixonalar faoliyatini kuchaytirish uchun ularga qo‘shimcha mablag‘ ajratish rejalashtirilgan. Diplomatlar mehnatini munosib baholash maqsadida «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan diplomat» faxriy unvonini joriy etish taklif qilindi.

    Boshqa yangiliklar