AQSh prezidenti Donald Trump Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Vikipediyadagi maqoladan tahrirlangan skrinshotni joyladi.
Unda go‘yo 2026 yil yanvaridan boshlab Trump Venesuela prezidenti vazifasini bajаruvchi etib ko‘rsatilgan.
Post hazil tarzida e’lon qilingan bo‘lsa-da, u ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Trumpni tushunish qiyin: uning hazili rost bo‘lishi mumkin, rosti esa hazil bo‘lib chiqishi ham ehtimol, — deya izoh qoldirilgan post ostida.






