AsosiyDunyo

Eron namoyishlarida 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda

8 yanvardan buyon Eron hukumatining mamlakat bo‘ylab internetni to‘liq o‘chirib qo‘ygani sababli axborot oqimi keskin cheklangan.

'Eron namoyishlarida 500 dan ortiq kishi halok bo‘lgani aytilmoqda'ning rasmi

Bu haqda kecha, 11 yanvar kuni AQShda joylashgan HRANA inson huquqlari tarmog‘iga tayanib, “Associated Press” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 8 yanvardan buyon Eron hukumatimamlakat bo‘ylab internetni to‘liq o‘chirib qo‘ygani sababli axborot oqimi keskin cheklangan.

Blokirovka 70 soatdan ortiq davom etmoqda. Mamlakatdan ma’lumot olish asosan Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi orqali amalga oshirilmoqda.

Uning aytishicha, Eron hukumatim ilk bor namoyishlarni bostirish jarayonida dronlardan foydalanib, havodan kuzatuv orqali norozilik bildirayotganlarning shaxsini aniqlamoqda. Shu sababli halok bo‘lganlar va hibsga olinganlarning aniq sonini belgilash hozircha imkonsiz.

OAVning ta’kidlashicha, kuch ishlatar tuzilmalarning harakatlari tobora shafqatsiz tus olmoqda. Bu namoyishlar avvalgilardan keskin farq qiladi va hukumat uchun kutilmagan bo‘lgan.

Ayrim hollarda shifoxonalar ham xavfsiz emas: yaralangan namoyishchilar kuch tuzilmalari tomonidan olib ketilishi mumkin, ko‘plab holatlarda esa halok bo‘lganlarning jasadlari oila a’zolariga qaytarilmayapti.

Eron bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlari 2025 yil 28 dekabrdan beri, ya’ni 15 kundan buyon davom etmoqda. Internet o‘chirilgani va xavfsizlik kuchlarining qattiq choralariga qaramay, Tehron va boshqa yirik shaharlarda minglab odamlar ko‘chalarga chiqmoqda. Namoyishchilar qozon-tovoqlarni urib shovqin qilmoqda, “Homanayiga o‘lim” degan shiorlarni hayqirmoqda, avtomobil haydovchilari esa signal chalib ularni qo‘llab-quvvatlamoqda.

10 yanvar kuni Islomiy inqilob qo‘riqchilari korpusi namoyishlarni kuch bilan bostirish bilan tahdid qilgan. Davlat xavfsizligi “qizil chiziq” ekani, armiya milliy manfaatlar, strategik infratuzilma va jamoat mulkini himoya qilish uchun kuch ishlatishini ma’lum qilgan.

AQSh Prezidenti Donald Tramp 10 yanvar kuni eronlik namoyishchilarga yordam berishga tayyorligini bildirgan.

Bunga javoban Eron rahbariyati AQSh yoki Isroil tomonidan namoyishlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida harbiy hujum uyushtirilsa, javob zarbalari berilishini aytgan.

Eron parlament spikeri 11 yanvar kuni favqulodda yig‘ilishda AQShning harbiy markazlari va dengiz qatnovi qonuniy nishonga aylanishini bildirgan. Ushbu bayonotlardan so‘ng Isroil yuqori darajadagi jangovar shaylik holatiga o‘tgani xabar qilinggan.

Qolaversa, Tramp bugun, 12 yanvar kuni jurnalistlar bilan muloqotda Tehron AQShning harbiy yoki tijorat ob’ektlariga hujum qiladigan bo‘lsa, Eron misli ko‘rilmagan darajada kuchli zarbalarga duch kelishini aytgandi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, agar Eron bunday hujumni amalga oshirsa, AQSh shunday kuch bilan javob beradiki, Tehron bunga ishonishi ham qiyin bo‘ladi. U Vashington ixtiyorida juda kuchli va qat’iy choralar mavjudligini ta’kidlagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Трамп ўзини Венесуэла президенти деб эълон қилди'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:01

    Трамп ўзини Венесуэла президенти деб эълон қилди

    Trumpning Truth Social'dagi hazilomuz post ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi.

    'Eron uch kunlik motam e'lon qilindi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:45

    Eron uch kunlik motam e'lon qilindi

    Эрон президенти фуқароларни миллий қаршилик маршида қатнашишга ва зўравонликни қоралашга чақирди.

    'Трамп ва Зеленский Украинани тиклаш бўйича 800 млрд долларлик битим имзолаши мумкин'ning rasmi

    Dunyo Bugun 04:22

    Трамп ва Зеленский Украинани тиклаш бўйича 800 млрд долларлик битим имзолаши мумкин

    Vladimir Zelenskiy va Donald Trump urushdan keyin Ukrainani qayta tiklash va iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yirik kelishuvni imzolashi ehtimoli bor.

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.01.2026 16:11

    ''ning rasmi

    Dunyo 11.01.2026 13:46

    '"Biz Grenlandiyani himoya qilishimiz kerak" — Tramp'ning rasmi

    Dunyo 10.01.2026 15:40

    "Biz Grenlandiyani himoya qilishimiz kerak" — Tramp

    AQSh prezidenti Donald Trump Grenlandiyani Rossiya yoki Xitoy tomonidan bosib olinishining oldini olish uchun Qo'shma Shtatlar unga egalik qilishi kerakligini aytdi.