AsosiyBu qiziq

AQShga 11 oyda qancha o‘zbekistonlik safar qildi?

2025 yilning yanvar–noyabr oylarida turistik maqsadlarda AQShga borgan O‘zbekiston fuqarolari soni 15,2 ming nafardan oshdi.

'AQShga 11 oyda qancha o‘zbekistonlik safar qildi?'ning rasmi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 11 oyida jami 15 259 nafar o‘zbekistonlik AQShga sayohat qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,2 ming nafarga ko‘p.

Qayd etilishicha, AQShga borgan fuqarolarning aksar qismi sayohat maqsadida safar qilgan. Xususan, 10 841 nafar shaxs turistik maqsadni ko‘rsatgan.

Shuningdek, 3 750 nafar o‘zbekistonlik qarindoshlarini yo‘qlash uchun, 333 nafar o‘qish, 307 nafar xizmat safari, 28 nafar esa davolanish maqsadida AQShga borgan.

    Boshqa yangiliklar