Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar asosida viloyatdagi 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Unda ushbu koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum A.T. (Mubashshir Ahmad)ning sog‘lig‘i va saqlanish sharoiti o‘rganildi.
Monitoring davomida mahkumlar bilan, shu jumladan mahkum A.T. bilan ham hol tarzda suhbat o‘tkazildi va uning sog‘lig‘iga oid tibbiy hujjatlar bilan tanishildi.
A.T. muassasada tibbiy yordam ko‘rsatilishidan shikoyati yo‘qligini, muntazam ravishda to‘liq tibbiy tekshiruvdan o‘tkazib kelinayotganligini, faqatgina avvaldan mavjud bo‘lgan kasalliklari tufayli sog‘lig‘ida biroz o‘zgarishlar borligini va tegishli tibbiy yordam olayotganligini qayd etdi.
Shuningdek, muassasada o‘z xohishiga ko‘ra mehnatga jalb etilganligi (oshxona ishlari bilan shug‘ullanadi) hamda qonunchilikda belgilangan vaqtlardan tashqari ortiqcha mehnatga jalb etilmaganligini, ish sharoiti mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq ekanini aytib o‘tdi.
“Oziq-ovqat ta’minoti va yashash sharoiti bo‘yicha ham shikoyat bildirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sog‘lig‘idan kelib chiqib, belgilangan norma bo‘yicha oziq-ovqat beriladi. Mahkum A.T. bilan o‘tkazilgan hol tarzdagi suhbatda u hech qanday masalada murojaat qilmadi”,— deyiladi xabarda.






