Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xabar berishicha, Hindistonning “Dr. Reddy’s Laboratories Ltd” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “Telsartan H 80 mg/12,5 mg” preparatining C2501976 seriyasida gidroxlorotiazid miqdori belgilangan me’yordan chetga chiqqan. Shu bois ushbu seriya dori muomalasidan qaytarib olinadi.
C2501977 seriyasida nomuvofiqlik aniqlanmagan, ammo profilaktik chora sifatida u ham bozordan olinib chiqilmoqda. Fuqarolardan ushbu preparatdan foydalanmaslik va zarurat tug’ilsa, shifokor bilan maslahatlashgan holda alternativ dori vositasi tanlash tavsiya etilmoqda.
Markaz aholini rasmiy manbalardan tekshirilgan axborotga tayangan holda dori vositalari bilan ish yuritishga chaqiradi.






