AsosiyBu qiziq

2025 йилда ўзбекистонликлар энг кўп қайси иловаларни юклаб олган?

Sun'iy intellekt va elektron xizmatlarga talab oshdi.

'2025 йилда ўзбекистонликлар энг кўп қайси иловаларни юклаб олган?'ning rasmi

2025 yilda o‘zbekistonliklar eng ko‘p ChatGPT ilovasini yuklab olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, iOS va Android foydalanuvchilari orasida sun’iy intellekt ilovalari nafaqat IT mutaxassislari, balki keng jamoatchilik uchun ham kundalik ishlarda qulay vositaga aylangan.

Umumiy reytingda keyingi o‘rinlarda Instagram, Imo, Uzum Market, MyGov UZ va Soliq ilovalari qayd etildi. Shu bilan birga, Uzum Bank, Xazna, PAYNET, CLICK Evolution va Payme kabi moliya ilovalari ham yuqori o‘rinlarda bo‘lib, smartfon orqali to‘lov va bank xizmatlari faol qo‘llanilayotganini ko‘rsatmoqda.

Davlat xizmatlari ilovalari, xususan MyGov UZ va Soliq, aholining soliq, hujjat va ma’muriy xizmatlarni elektron tarzda hal qilishga bo‘lgan qiziqishini oshirgan.

    Boshqa yangiliklar