AsosiyDunyo

Daniya xat yuborish amaliyotini toʻxtatadi

Daniya milliy poʻsta operatori “Post Nord” raqamlashtirishga oʻtish jarayonida qogʻoz xat yetkazib berilishini butunlay cheklamoqchi.

'Daniya xat yuborish amaliyotini toʻxtatadi'ning rasmi
“Post Nord” ushbu mamlakatning 401 yillik tarixga ega milliy pochta xizmati sanaladi. Endi mazkur muassasa asosiy e'tiborni maqtub emas, jo'natma yetkazib berishga qaratmoqchi.

Bayonotda operator xat yuborish xizmatiga talab pasayganini qayd etgan.  2000 yil kompaniya 1,5 milliard xatni manzilga yetkazgan. Hozir esa bu raqam atigi 100 millionni tashkil etadi. Zero, aksar daniyaliklar raqamli aloqqa o'tgan.

Qirolda bundan buyon qog'ozga yozilgan maqtubni egasiga yetkazish faqat xususiy kompaniya orqali amalga oshiriladi.

Daniya bo'ylab barcha pochta qutilari olib tashlanadi.

    Boshqa yangiliklar