AsosiyBu qiziq

Qo'qonlik tabib qamoqdan chiqdi

Iqboljon Soliyev ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma'lumotlarni asossiz deb atab, faoliyati qonuniy ekanini bildirdi.

'Qo'qonlik tabib qamoqdan chiqdi'ning rasmi

Qo‘qonlik tabib Iqboljon Soliyev 10 sutkalik ma’muriy qamoqdan ozod etilgandan so‘ng, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zi haqida tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi.

U o‘z faoliyati noqonuniy ekanligi haqidagi da’volarni rad etib, amalda guvohnomalari mavjudligini ma’lum qildi.

Tabib O‘zbekiston xalq tabobati assotsiatsiyasi tomonidan 2025 yilgacha berilgan guvohnoma, shuningdek, xorijiy va xalqaro sertifikatlarni taqdim etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, assotsiatsiya tomonidan berilgan muddatsiz guvohnoma ham mavjud.

Iqboljon Soliyevning yuristi Abdullajon Jo‘rayev ham tabibga nisbatan tarqalgan ayrim ma’lumotlar noto‘g‘ri ekanligini bildirib, uning faoliyatini ommaviy targ‘ibot sifatida baholash asossizligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, Iqboljon Soliyev 2025 yil 10 yanvar kuni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 59-5-moddasi 1-qismi asosida aybdor deb topilib, BHMning 20 baravari miqdorida jarimaga tortilgan edi.

    Boshqa yangiliklar