AsosiyBu qiziq

Eng koʻp keshek olgan hududlar ochiqlandi

O‘zbekistonda iste’molchilarga 130 milliard so‘mdan ortiq keshek qaytarildi.

'Eng koʻp keshek olgan hududlar ochiqlandi'ning rasmi

Eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahriga to‘g‘ri keldi. Soliq qo‘mitasi xabariga ko‘ra, 27-dekabr holatiga qadar noyabr oyida 164,2 million dona chek uchun jami 130,4 milliard so‘mdan ortiq keshek to‘langan.

To‘langan kesheklarning eng katta qismi — 37,6 milliard so‘m Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Keyingi o‘rinlarni 19,3 milliard so‘m bilan Farg‘ona viloyati hamda 15,2 milliard so‘m qaytarilgan Toshkent viloyati egalladi.

Shuningdek, ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar uchun Qoraqalpog‘istonda 9 milliard so‘m, Samarqand viloyatida esa 8,8 milliard so‘m keshek berilgan.

Avvalroq respublikada 9 oy davomida qurilish korxonalariga 300 milliard so‘mdan ortiq soliq imtiyozlari ajratilgani, shuningdek, 35 mingdan ziyod fuqaroga 153 milliard so‘mdan ortiq subsidiya berilgani ma’lum qilingandi.

    Boshqa yangiliklar