AsosiyBu qiziq

Talabalar shartnoma to‘lash muddatiga qo‘shimcha vaqt berildi

Oliy ta'lim muassasalari bakalavriat va magistratura talabalari uchun to'lov-kontrakt mablag'larini to'lash muddati 2026 yil 31 yanvargacha uzaytirildi.

'Talabalar shartnoma to‘lash muddatiga qo‘shimcha vaqt berildi'ning rasmi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, davlat komissiyasining tegishli bayoniga asosan 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilingan talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini amalga oshirish va talabalar safiga qabulni rasmiylashtirish muddati 2026 yil 31 yanvar (shu kuni ham) etib belgilandi.

Qayd etilishicha, qabul parametrlari doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qish qiyomatining kamida 50 foizini to‘lashi lozim. Shuningdek, tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt asosida o‘qish istagini bildirganlar ham belgilangan yillik to‘lovning kamida 50 foizini amalga oshirishi talab etiladi.

Ma’lumot uchun, amaldagi tartibga muvofiq, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun kontrakt to‘lovlari muddati oliy ta’lim muassasasi rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar