Yonilg'i etishmasligi sababi G'azo markazida joylashgan Al-Avda shifoxonasi o'z faoliyatini to'xtatishga majbur bo'ldi. Bu holat minglab bemorlar, jumladan yangi tug'ilgan chaqaloqlar hayotini havf ostida qoldirmoqda.
Oktyabr oyida HAMAS va Isroil o'rtasida sulh e'lon qilinganiga qaramay, G'azoga kiritilayotgan yonilg'i hajmi keskin cheklangan. Al-Avda shifoxonasi direktori Ahmad Muhannaning ma'lum qilishicha, anklavga zarur yonilg'ining atigi 10 foizi yetkazilmogda. Natijada generatorlar ishlamay qolib, muassasa faoliyatini to'liq to'xtatgan.
Nusayrat qochqinlar lagerida joylashgan shifoxona asosan tug'ruqxona sifatida xizmat qilgan.
Imkoniyatlar qisqargani bois kamida 30 nafar bola boshqa tibbiyot muassasalariga ko'chirilmogda. Mutasaddidlar xalqaro hamjamiyatni vaziyatga zudlik bilan aralashishga chaqirmogda.






