AsosiyJamiyat

Тошкентда уй олдига автомобиль қўйганлар пул тўлайдими?

Toshkent shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘layotgan savolga javob berdi.

'Тошкентда уй олдига автомобиль қўйганлар пул тўлайдими?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar hokimining 2025 yil 25 dekabrdagi 921-14-0-Q/25-sonli qarori yuzasidan turli muhokamalar paydo bo‘ldi. Ayrim foydalanuvchilar ushu hujjatni noto‘g‘ri talqin qilib, endilikda aholi o‘z uyi oldida avtomobil qo‘ygani uchun haq to‘lashga majbur bo‘ladi, degan fikrlarni ilgari surmoqda.

 

Toshkent shahar hokimligi mazkur da’volar asossiz ekanini ma’lum qildi. Rasmiy izohga ko‘ra, yangi joriy etilayotgan tartib faqat yo‘l bo‘yida tashkil etilgan pulli avtoturargohlar faoliyatiga taalluqli. Ko‘p qavatli uylar oralig‘i, hovlilar hamda to‘xtab turish taqiqlanmagan bepul hududlarda avtomobil saqlash uchun hech qanday to‘lov yoki maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi.

 

Qarorga muvofiq, pulli avtoturargoh joylashgan ko‘chalar yoki ularga yaqin hududlarda yashovchi fuqarolar uchun “rezidentlik ruxsatnomasi” joriy etiladi. Ushbu mexanizm uyi oldida pulli to‘xtash joyi tashkil etilgan aholiga imtiyoz berish va ularning avtomobil qo‘yish bilan bog‘liq muammolarini kamaytirishga qaratilgan.

 

Rezidentlar soat 20:00 dan 08:00 gacha bo‘lgan vaqtda pulli avtoturargohlardan bepul foydalanishi mumkin bo‘ladi. Kunduzgi vaqtda esa soatbay emas, balki yiliga bir marta to‘lanadigan qat’iy to‘lov belgilanadi. Yillik to‘lov miqdori bazaviy hisoblash miqdorining bir baravariga teng bo‘lib, bir xonadon manziliga ko‘pi bilan ikki dona rezidentlik ruxsatnomasi beriladi. Ushbu yangi tartib 2026 yil 1 fevraldan kuchga kiradi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'O‘zbekistonda ekologik vaziyat sezilarli darajada yaxshilanib bormoqda'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:54

    O‘zbekistonda ekologik vaziyat sezilarli darajada yaxshilanib bormoqda

    Ekologiya masalasi — bu faqat bugunning emas, balki kelajak avlod taqdiriqa daxldor masala.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:10

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:56

    'Xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar ayblanuvchi Gruziyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:40

    Xalqaro qidiruvda boʻlgan ikki nafar ayblanuvchi Gruziyadan Oʻzbekistonga ekstraditsiya qilindi.

    Ular yirik miqdordagi firibgarlik hamda odam savdosi jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:36

    'Endi hokim yordamchilari obodonlashtirish boshqarmalariga rahbarlik qiladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:29

    Endi hokim yordamchilari obodonlashtirish boshqarmalariga rahbarlik qiladi

    2026 yil 1 yanvardan boshlab tuman va shahar byudjetlari xarajatlarini kamaytirish taqiqlanadi.