AsosiyJamiyat

Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga "bolalar puli" toʻlashning yangi tartibi belgilandi

Prezident farmoniga ko‘ra, endilikda bolalar nafaqasi oilaning ijtimoiy toifasi va bandlik holatiga qarab belgilanadi.

'Ijtimoiy reyestrdagi oilalarga "bolalar puli" toʻlashning yangi tartibi belgilandi'ning rasmi

Prezidentning 26 dekabr kuni qabul qilingan farmoniga muvofiq, Ijtimoiy reestriga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqasi va moddiy yordam to‘lashning aniq mexanizmlari belgilandi. Yangi tartib ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan.

Hujjatga ko‘ra, “davlat ta’minotidagi oila” toifasiga kirgan oilalarga bolalar puli va moddiy yordam oila mazkur maqomda bo‘lgan davrda, a’zolarning bandligidan qat’i nazar, avtomatik tarzda to‘lab boriladi. Ularning ijtimoiy-iqtisodiy holati 12 oy o‘tgach qayta baholanadi.

“Kam ta’minlangan oila” toifasidagi oilalarga bolalar nafaqasi dastlab 6 oy muddatga, mehnatga layoqatli a’zolarining rasmiy bandligini ta’minlash sharti bilan tayinlanadi. Agar bandlik ta’minlansa, to‘lovlar uzluksiz davom etadi, aks holda to‘xtatiladi.

“Kam ta’minlanganlik chegarasidagi oila” toifasiga kirgan oilalarga esa bolalar puli 6 oy davomida beriladi. Oilaning jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlariga yaqinlashgan sari nafaqa miqdori 75 yoki 50 foizgacha kamaytiriladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda bankomatdan pul yig‘irmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:57

    Toshkentda bankomatdan pul yig‘irmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga tushdi

    Bankomatga 30 million so‘mlik zarar yetkazilgan bo‘lib, uning ichida jami 552 million so‘mdan ortiq mablag‘ bo‘lgan. Yigitga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot choralari qo‘llangan.

    'Oʻzbek soʻmini yoqib, tamaki tutatgan xorijliklar 41,2 million soʻmdan jarimaga tortildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:42

    Oʻzbek soʻmini yoqib, tamaki tutatgan xorijliklar 41,2 million soʻmdan jarimaga tortildi.

    Shuningdek, ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi ish beruvchi tomonidan bir tomonlama bekor qilingan.

    'Toshkentda 24 yoshli yigit pirotexnika sabab kaftidan ayrildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:23

    Toshkentda 24 yoshli yigit pirotexnika sabab kaftidan ayrildi

    Ҳолат бўйича Тошкент шаҳар ИИББ тўлиқ маълумот берди.

    'Oʻzbekistonda 9 oyda 15 mingdan ziyod egizaklar dunyoga keldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:54

    Oʻzbekistonda 9 oyda 15 mingdan ziyod egizaklar dunyoga keldi

    Jami tugʻilishlar soni esa 664,6 mingga yetdi.

    'Voyaga yetmaganlar bilan nikoh qurganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:55

    Voyaga yetmaganlar bilan nikoh qurganlik uchun jazo choralari kuchaytiriladi

    Shuningdek, yaqin qarindoshlar o'rtasidagi nikohga yo'l qo'yilmaydi.

    'Bugun faqat Qoraqalpog‘istonda qor yog‘adi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:08

    Bugun faqat Qoraqalpog‘istonda qor yog‘adi

    Poytaxtda havo harorati 9 darajagacha ko‘tariladi.