Toshkent shahri Chilonzor tumanida 10 mln so‘m qarzi sabab bankomatni buzib ochishga uringan yosh yigit qo‘lga olindi.
Toshkent shahar IIBning xabar berishicha, hodisa taxminan soat 02:30 larda sodir bo‘lgan.
U tosh bilan bankomatning tashqi korpusini shikastlagan, ammo ichidagi seyfni ocholmay, voqea joyidan qochib ketgan. Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi uslandi.
Ma’lum bo‘lishicha, bankomat seyfida 552 mln so‘mdan ortiq mablag‘ bo‘lgan. Qurilmaga yetkazilgan zarar esa 30 mln so‘mni tashkil etgan.
Gumonlanuvchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi






