AsosiyDunyo

Тайландда ёввойи маймун ҳужумига учраган эркак ҳалок бўлди

Mahalliy hokimiyat xavfli hayvonni yo‘q qilish bo‘yicha buyruq chiqargan, uni qidirish ishlari davom etmoqda.

'Тайландда ёввойи маймун ҳужумига учраган эркак ҳалок бўлди'ning rasmi

Tailandning Chayphum viloyatida 63 yoshli erkakni yovvoyi makak tishlab, jiddiy jarohatlar yetkazgani oqibatida u vafot etdi. Mahalliy politsiya ma’lumotiga ko‘ra, hayvon bir necha oydan buyon qishloq aholisi uchun xavf tug‘dirib kelgan.

Guvohlarga ko‘ra, makak avval ham odamlarga hujum qilgan, hatto voqeadan 10 kun oldin marhumni yelkasiidan tishlab olgan. Hujum oqibatida erkak tanasida o‘nlab tirnalish va tishlash izlari qolgan, uning chap oyog‘idagi og‘ir jarohat esa hayotiga nuqta qo‘ygan.

Chayphum Se-inni jasadini jiyani uyida topgan, pol tagida katta qon izi bo‘lgan. Hodisa joyini o‘rgangan paytda maymun yana ko‘rinib, politsiya xodimlarini yuqoridan kuzatib turgani aytilmogda.

Mahalliy hokimiyat xavfli hayvonni yo‘q qilish bo‘yicha buyruq chiqargan, uni qidirish ishlari davom etmogda.

    Boshqa yangiliklar