Shvetsiya hukumatı 5 dekabr kuni uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash doirasida jinoyat guruhları yetakchilarini fuqarolikdan mahrum etish imkonini beruvchi konstitutsiyaviy o‘zgartirishlar paketini taqdim etdi. Bu haqda “Reatures” xabar berdi.
Yanvar oyida Parlament qo‘mitasi davlatga xiyonat yoki josuslikda ayblangan shaxslarning fuqaroligini bekor qilishga imkon beruvchi tuzatishlarni taklif qilgan edi. Endi hukumat bu doirani kengaytirib, jamiyatga jiddiy zarar yetkazgan jinoyat guruhları yetakchilarini ham fuqarolikdan mahrum qilish mexanizmini joriy etmoqchi.
Adliya vaziri Gunnar Strömmerming aytishicha, parlamentga kiritilgan yangi qonun loyihasi ikki fuqarolikka ega bo‘lgan va milliy xavfsizlik uchun muhim bo‘lgan og‘ir jinoyatlarda ayblangan shaxslarning pasportini bekor qilishga ruxsat beradi.
Taklif etilayotgan konstitutsiyaviy o‘zgarishlar 2027 yil boshidan kuchga kirishi kutilmogda.
Shvetsiya so‘nggi o‘n yil davomida zo‘ravonlik jinoyatlarining keskin ko‘payishi bilan kurashib kelmogda. Jinoyatchilarning katta qismi 15 yoshdan kichik bo‘lib, bu esa mamlakatdagi jinoyiy javobgarlik yoshiga teng. Shu bilan birga, shved jinoyat tarmoqlarining Norvegiya, Daniya va Finlandiyaga kengayishi mintaqada jiddiy xavotir uyg‘otgan.
Sentabr oyida hukumat yoshlar jinoyatchiligiga qarshi kurashish maqsadida jinoyiy javobgarlik yoshini 13 ga tushirish rejasini ham e’lon qilgan edi, biroq aksariyat davlat idoralari va tashkilotlar ushbu taklifga qarshi chiqqan.






