AsosiyDunyo

Cloudflare'dagi uzilish Facebook, X va ChatGPT faoliyatini izdan chiqardi

Texnik nosozlik sabab Cloudflare orqali ishlaydigan bir qator yirik platformalar dunyo boʻylab vaqtincha ishlamay qoldi.

'Cloudflare'dagi uzilish Facebook, X va ChatGPT faoliyatini izdan chiqardi'ning rasmi

Bugun jahonning turli nuqtalaridan internet foydalanuvchilari Facebook, X (sobiq Twitter), ChatGPT, Spotify, Yandex Music va hatto Amazon xizmatlariga kirishda jiddiy muammolarni qayd etdi. Bu haqda Zamon.uz ma'lum qildi.

Uzilishlarga Cloudflare infratuzilmasidagi texnik nosozlik sabab bo‘lgani ma'lum qilindi.

Cloudflare — global internet trafigining taxminan 20 foizini boshqaruvchi yirik infratuzilma va xavfsizlik provayderi hisoblanadi. Uzilishlar avj olgach, kompaniya muammodan xabardor ekanini tasdiqladi va bartaraf etish ishlari jadal davom etayotganini bildirdi.

Ma'lumotlarga qaraganda, kompaniya biroz oldin Santiagodagi data-markazda rejali texnik ishlar haqida ogohlantirgan, ammo ushbu ishlar global uzilishga qay darajada ta'sir qilgani hali aniq emas.

Hodisa internet infratuzilmasining barqarorligining qanchalik muhim ekanini yana bir bor namoyon etdi. Hozircha platformalarni to‘liq tiklash ishlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shimoliy Koreyada "kibrlangan" tadbirkorlar ochiq qatl etildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 16:12

    Shimoliy Koreyada "kibrlangan" tadbirkorlar ochiq qatl etildi

    Pxyengyanda o‘tkazilgan qatl 200 dan ortiq odam, jumladan bolalar ham majburan tomosha qilgani aytiladi.

    'Ronaldo Oq uyda: Trump Saudiya valiahdi uchun shohona ziyofat uyushtirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:59

    Ronaldo Oq uyda: Trump Saudiya valiahdi uchun shohona ziyofat uyushtirdi

    Portugaliyalik yulduz Kristianu Ronaldu Saudiya valiahd shahzodasining AQShga tashrifi munosabati bilan Donald Tramp Oq uyda tashkil etgan tantanali kechki ovqatda ishtirok etdi.

    'Dehlida sudlar va maktablarga bomba qo‘yilgani haqidagi qo‘ng‘iroqlar soxta bo‘lib chiqdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 10:03

    Dehlida sudlar va maktablarga bomba qo‘yilgani haqidagi qo‘ng‘iroqlar soxta bo‘lib chiqdi

    Tahdidlar tufayli sud ishlari to'xtatildi, politsiya tekshiruv o'tkazdi.

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:46

    'Saudiya valiahdi AQShga sarmoya miqdorini 1 trln dollargacha oshirishini aytdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:40

    Saudiya valiahdi AQShga sarmoya miqdorini 1 trln dollargacha oshirishini aytdi

    Muhammad bin Salmon Oq uyida Trump bilan muzokaralarda bayonot berdi.

    'Rossiyada ajrashganlarga jarima joriy etilishi mumkin'ning rasmi

    Dunyo Bugun 09:25

    Rossiyada ajrashganlarga jarima joriy etilishi mumkin

    Deputatlar ajrim uchun 40 ming rubllik to‘lov taklif qilmogda.