AsosiyDunyo

Fransiya sobiq prezidenti Sarkozi qamoqdan ozod etiladi

Sud Sarkozini sud nazorati ostida ozod qilishda uchta asosiy shart qoʻygan.

'Fransiya sobiq prezidenti Sarkozi qamoqdan ozod etiladi'ning rasmi

Parij shahri prokuraturasi Fransiyaning sobiq prezident Nikola Sarkozini qamoqdan ozod qilishni va uni sud nazoratiga o‘tkazishni so‘radi. Sud bu so‘rovni qanoatlantirdi, deb yozdi BFMTV.

Tegishli bayonot bilan prokuratura vakili 10 noyabr kuni Parij apellyatsiya sudida bo‘lib o‘tgan eshituvda chiqdi. Prokuratura Sarkozining ayblanuvchilar va uning ishi bo‘yicha guvohlar bilan aloqasini taqiqlashni qamoqdan ozod qilish sharti deb atadi. Himoya ham Sarkozini qamoqdan bo‘shatib, sud nazoratiga o‘tkazishni so‘radi.

Qayd qilinishicha, sud Sarkozini sud nazorati ostida ozod qilishda quyidagi asosiy shartlarni qo‘ygan:
- Frantsiya hududini tark etishni taqiqlash.

- Ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar, shu jumladan guvohlar va boshqa ayblanuvchilar bilan aloqa qilishni taqiqlash.

- Muntazam ravishda politsiyaga kelib, qayddan o‘tish.

Sarkozi 21 oktyabr kuni Parijdagi La-Sante qamoxonasiga besh yillik qamoq jazosini o‘tash uchun yo‘l oldi.

Sarkozi Liviya hukumati (Muammar Qazzofiy) tomonidan o‘z saylov kampaniyasini noqonuniy moliyalashtirgani ishi bo‘yicha qamoq jazosiga hukm qilindi. U Fransiyada haqiqiy qamoq jazosini olgan birinchi sobiq prezident bo‘ldi.

Hozir Sarkozi, shuningdek, guvohlarga bosim o‘tkazishda yordam berish bo‘yicha boshqa ish bo‘yicha ham rasmiy tergov ostida.

    Boshqa yangiliklar