Bellaşuvda jamoa yetakchisi Lionel Messi ikki gol va bir golli uzatma muallifi bo‘ldi. Bu bilan argentinalik yulduz professional faoliyatidagi 400-assist marrasiga yetdi, deb xabar berdi Cadena SER.
Messi hisobni 10-daqiqada chap oyoq bilan jarima maydoni tashqarisidan aniq zarba bilan ochdi. Uning ikkinchi goli ham xuddi shunday uslubda urildi. Yana bir golda esa Tadeo Allendenga aniq pas berib, to‘rtinchi golga hissa qo‘shdi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Inter Mayami” murabbiyi Xaver Maskerano (Messining sobiq jamoadoshi) yulduz futbolchini alohida ta’rifladi:
“Messi 38 yoshida ham jamoaani pressingda yetaklayotganini ko‘rish hayratlanarli. Uning to‘p bilan qilgan ishlarini hamma biladi, ammo to‘psiz harakatlari — haqiqiy jamoa fidoyilik namunasi”, — dedi Maskerano.
Messi shunday qilib 400 golli uzatmaqa erishgan tarixdagi ikkinchi futbolchiga aylandi. Rekord egasi — vengr afsonasi Ferens Puskash, u faoliyati davomida 404 assist qayd etgan.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi joriy mavsumda barcha musobaqalarda 42 o‘yinda 40 gol urgan va 17 ta assist amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, 5 noyabr kuni u Mayami meri Frensis Suares tomonidan shaharning ramziy kaliti bilan taqdirlandi.






