AsosiyDunyo

Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohilda falastinliklar va jurnalistlarga hujum qildi

Isroil armiyasi hodisadan xabar topgach, askarlar yuborilganini bildirdi, biroq guvohlar hujum vaqtida joyda harbiylar bo‘lmaganini ta'kidladi.

'Isroillik ko‘chmanchilar G‘arbiy Sohilda falastinliklar va jurnalistlarga hujum qildi'ning rasmi

Isroil tomonidan bosib olingan G‘arbiy Sohilda zaytun hosilini terayotgan falastinlik dehqonlar, faollar va jurnalistlar yahudiy ko‘chmanchilar tomonidan kaltaklangan. Bu haqda Reuters guvohlar va voqea joyidan olingan tasvirlarga tayanib xabar berdi.

Hodisa 8 oktyabr kuni Nablus yaqinidagi Beita qishlog‘ida yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, taxminan 50 nafar niqobli ko‘chmanchi tayoq va tosh bilan qurollanib, hosil terayotganlar orasida bo‘lgan Reuters fotosuratchisi Ranin Savaftani va uning hamrohlarini shafqatsizlarcha urgan.

Isroil armiyasi hodisadan xabar topgach, askarlar yuborilganini bildirdi, biroq guvohlar hujum vaqtida joyda harbiylar bo‘lmaganini ta’kidladi.

Bu kabi hujumlar G‘arbiy Sohilda deyarli har yili, ayniqsa zaytun hosilini yig‘ish davrida takrorlanib turadi.

    Boshqa yangiliklar