AsosiySport

Yilning eng yaxshi murabbiyi va darvozaboni uchun nomzodlar eʼlon qilindi

Nomzodlar FIFA ekspertlari tomonidan 2024 yil 11 avgustdan 2025 yil 2 avgustgacha bo‘lgan o‘yin natijalari asosida tanlab olindi.

'Yilning eng yaxshi murabbiyi va darvozaboni uchun nomzodlar eʼlon qilindi'ning rasmi

FIFA 2025 yilgi "The Best" mukofoti doirasida "Yilning eng yaxshi murabbiyi" va "Yilning eng yaxshi erkaklar darvozaboni" nominatsiyalari bo‘yicha nomzodlar ro‘yxati ma’lum qilindi.

Eng yaxshi murabbiy uchun nomzodlar (7 nafar): Luis Enrike (PSJ), Hansi Flick ("Barselona"), Mikel Arteta ("Arsenal"), Enzo Mareska ("Chelsi"), Arne Slot ("Liverpul"), Roberto Martinez (Portugaliya terma jamoasi), Xavier Agirre (Meksika terma jamoasi).

Eng yaxshi darvozabon nomzodlari (8 nafar): Alisson Bekker ("Liverpul"), Tibo Kurtua ("Real Madrid"), Janluidji Donnarumma ("PSJ" / "Manchester Siti"), Emiliano Martinez ("Aston Villa"), Manuel Noyer ("Bavariya"), David Raya ("Arsenal"), Yan Zommer ("Inter"), Voytex Shensni ("Barselona").

Nomzodlar FIFA ekspertlari tomonidan 2024 yil 11 avgustdan 2025 yil 2 avgustgacha bo‘lgan o‘yin natijalari asosida tanlab olindi. Ovoz berish jarayoni allaqachon boshlangan va 28 noyabrgacha davom etadi.

    Boshqa yangiliklar