“Reuters” agentligi ma’lumotiga ko‘ra, “Kalmayegi” tayfuni mamlakatning markaziy qismi hamda Palavan orolining bir nechta hududlariga katta zarar yetkazgan. Tabiiy ofatdan keyin shamol va yomg‘ir toshqinlar hamda ko‘chkilarga sabab bo‘lgan.
Halok bo‘lganlar orasida gumanitar missiya vaqtida Mindanao orolining Agusan-del-Sur hududida halokatga uchragan vertolyotdagi olti nafar harbiy ham bor. Filippin Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish agentligi ma’lumoticha, yana 13 kishi hozircha bedarak deb hisoblanmoqda.
Filippin meteorologiya xizmatiga ko‘ra, 4 noyabr kuni ertalab “Kalmayegi” quruqlikka chiqqach, vaqtinchalik kuchsizlangan, ammo Janubiy Xitoy dengizi ustida yana kuchayishi mumkinligi haqida ogohlantirish berilgan.
Ma’lumot uchun, “Kalmayegi” – joriy yilda Filippin hududida qayd etilgan 20-tropik siklondir.






