AsosiyJamiyat

Jizzaxda 4 kunlik kelin-quyov is gazi sabab halok bo‘ldi

Quyov 21 yoshda kelin esa 19 yoshda bo'lgan.

'Jizzaxda 4 kunlik kelin-quyov is gazi sabab halok bo‘ldi'ning rasmi

Hodisa joriy yil 25 oktyabr kuni soat 06:50 da Jizzax viloyatining G‘allaorol tumani Sug‘umboy qishlog‘idagi uyda sodir bo‘lgan. Bu haqda "Zamon" informatsion dasturida xabar berilgan.

Ma’lum qilinishicha, 21 yoshli yosh yigit va uning 19 yoshli xotini noma’lum moddadan zaharlanib vafot etgan. Oila boshlig‘ining so‘zlariga ko‘ra, hodisadan 4 kun avval mahalladagi 2006 yilda tug‘ilgan qizni o‘g‘liga olib bergan.

Tuman gaz ta’minoti boshqarmasi bosh muhandisining aytishicha, uydagi ventilyatsiya kanali va gaz chiqarish joyi g‘isht bilan berkitilgan bo‘lgan. Uy egalari issiqlik bilan ta’minlash mavsumining boshlanishidan oldin pechkani tekshirmagan. Uzoq muddat davomida doimiy ishlagan pechkaning o‘zi issiq gaz chiqargan.

Hodisa sabablarini aniqlish uchun maxsus komissiya tuzilgan va tegishli ekspertiza tayinlangan.

    Boshqa yangiliklar