“TEAMTALK” nashrining yozishicha, “Chelsi” bosh murabbiyi Enso Mareska Vinisius Juniorni jamoada qo‘shib olish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlamoqda.
Futbolchining “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozida yakunlanadi, ammo klub hali yangi bitim bo‘yicha kelishuvga erishmagan.
Madridliklar braziliyalikni tekinga yo‘qotmaslik uchun 2025-yilgi yozgi transfer oynasida sotish variantini ko‘rib chiqmoqda. “Chelsi” egasi Todd Boli Vinisiusni qo‘lga kiritish nafaqat sport, balki tijoriy jihatdan ham foydali bo‘lishini hisobga olgan.
Avvalroq futbolchining narxi 200 million funt sterling atrofida baholangan edi. Shunga qaramay, agar “Real” yangi shartnoma taklif qilmasa, bu summa sezilarli darajada tushishi mumkin.
Vinisiusning “Barselona”ga qarshi o‘yindagi hissiy reaksiyasi — “Har doim men! Ketaman, ketganim ma’qul!” degan so‘zlari — uning “Real”dagi kelajagi borasida shubhalarni yanada kuchaytirdi.
Braziliyalikka “Chelsi”dan tashqari “Manchester Siti” va “Liverpul” ham qiziqish bildirmoqda. Saudiya klublarining takliflariga qaramay, Vinisius Yevropada qolishni afzal ko‘rmoqda.
Agar u London klubiga o‘tsa, bu Garnacho va Jeymi Gittens uchun chap qanotda jiddiy raqobat muhitini yaratadi.






