AsosiyJamiyat

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi

Dastur doirasida jami 1,2 trillion so‘m mablag‘ Davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan.

'Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi'ning rasmi

Isitish mavsumida ehtiyojmand oilalarga 1 million so‘mdan moddiy yordam beriladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash uchun bu yil 1,1 milliondan ortiq oila ro‘yxatga olingan.

Ulardan 822 mingtasi ijtimoiy reestrida mavjud, yana 290 mingdan ortig‘i esa “Mahalla yettiligi” tomonidan qo‘shimcha aniqlandi.

Qo‘shimcha ro‘yxatga quyidagi toifadagi oilalar kiradi:

boquvchisini yo‘qotganlar – 33,8 mingta;

nogironligi bo‘lgan a’zosi bor oilalar – 76,3 mingta;

og‘ir kasallikka chalingan shaxs yashaydigan oilalar – 23,7 mingta;

yolg‘iz keksalar – 7 mingta;

gaz tarmog‘iga ulanmagan oilalar – 2 mingta;

bir uyda uchtadan ortiq oila yashaydiganlar – 26,2 mingta;

boquvchisi mehnat migratsiyasida bo‘lganlar – 34,7 mingta;

vaqtincha ishsizlar – 15,1 mingta;

faqat pensiya hisobiga yashovchi oilalar – 69,7 mingta;

yolg‘iz yashovchi shaxslar – 2,3 mingta.

Mazkur dastur doirasida jami 1,2 trillion so‘m mablag‘ Davlat byudjetidan ajratilishi rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, o‘tgan yili 120 mingta oilaga 270 ming so‘mdan yordam berilgan edi. Bu yilgi miqdor o‘tgan yilga nisbatan 2,5 baravar ko‘p.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:59

    'Rossiya–Ukraina urushida 480 dan ortik o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:24

    Rossiya–Ukraina urushida 480 dan ortik o‘zbekistonlik halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi

    2 700 dan ortiq o‘zbekistonlik Rossiya Qurolli Kuchlarida xizmat qilmogda.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 29.10.2025 19:55

    'UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalarning XII mintaqalararo uchrashuvi o‘z ishini boshladi'ning rasmi

    Jamiyat 29.10.2025 18:52

    UNESCO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalarning XII mintaqalararo uchrashuvi o‘z ishini boshladi

    Uchrashuvga raislik qilish uchun saylangan Gayane Umerova o‘z nutqida Samarqandning tamaddunlar chorrahasi sifatidagi ramziyligini ta'kidladi.

    'Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat 29.10.2025 18:07

    Aleksandr Vuchich Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

    Serbiya Prezidenti xorijiy davlat rahbarlari orasida Markazga tashrif buyurgan ilk yetakchi boʻldi.

    'Mansabdor qarzini so'ragan ayolga tunni ishxonasida birga o'tkazishni taklif qildi.'ning rasmi

    Jamiyat 29.10.2025 17:56

    Mansabdor qarzini so'ragan ayolga tunni ishxonasida birga o'tkazishni taklif qildi.

    Tarmoqlarda ularning o'zaro suhbati aks etgan video tarqaldi.