29-oktabr kuni Andijondagi "Bobur" arenasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi final o‘ynaladi.
Unda Kamoliddin Tojiyev boshchiligidagi Toshkentning "Paxtakor" klubi Aleksandr Xomyakov qo‘l ostidagi "Buxoro"ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin soat 18:30 da boshlanadi.
O‘yinning bosh hakami Na'im Qosimov bo‘lib, unga qanotlarda Zufar Eliboyev va Farhod Usmonov yordam beradi.
VAR tizimida Askar Najafaliyev va Anvar Marajabov ishlaydi, o‘yin komissari esa Jalolxon Inogomxo‘jayev hisoblanadi.






