AsosiyJamiyat

Nafaqa pullaridan kredit qarzdorligini undirish taqiqlanadi

Banklar faoliyatiga qo‘yiladigan talablarga qo‘shimchalar kiritildi.

'Nafaqa pullaridan kredit qarzdorligini undirish taqiqlanadi'ning rasmi

Bank xizmatlaridan foydalanuvchilar va tijorat banklarining faoliyatiga qo‘yiladigan minimal talablar to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, endilikda davlat tomonidan beriladigan ijtimoiy nafaqa va yordam pullari, jumladan ijtimoiy kartalarga kelib tushadigan pullarni kredit qarzdorligi uchun undirish, shuningdek, kreditni onlayn rasmiylashtirishda mijoz roziligini ifodalovchi maydonchalar yoki kredit parametrlarini oldindan belgilab qo‘yish taqiqlandi.

Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan, banklar kredit ajratish vaqtida iste’molchilarga uni olish bilan bog‘liq ehtimoliy tavakkalchiliklar to‘g‘risida cheklishtni taqdim etishi hamda omonat yoki bank hisobvarag‘i shartnomasini tuzish jarayonlarida fuqarolarga omonatlarni kafolatlash tizimi haqidagi axborot bilan tanishitirishi lozimligi belgilandi.

Banklar moliyaviy qiyinchilik yoki murakkab hayotiy vaziyatga tushgan fuqarolarning arizalarini ko‘rib chiqish tizimi joriy qilingan bo‘lishi va bu haqda o‘zlarining veb-saytlarida e’lon qilishi kerak.

Bunda kreditlarni restrukturizatsiya qilish, masalan to‘lov muddatlarini uzaytirish, foizlarni qayta ko‘rib chiqish, jumladan homiladorlik va tug‘ish ta’tilidagi ayollarning kredit to‘lovi muddatlarini o‘n oygacha uzaytirish bo‘yicha arizalarni ko‘rib chiqish nazarda tutilishi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroil Eronga zarba berganini ma'lum qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:57

    Isroil Eronga zarba berganini ma'lum qildi

    BBC tarqatgan ma'lumotlarga ko'ra, Eron davlat televideniyesi ham portlash bo'lganini tasdiqlagan.

    'Toshkentda BMW urib ketishi ortidan vafot etgan xodimning oilasi davlat muhofazasiga olinadi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:57

    Toshkentda BMW urib ketishi ortidan vafot etgan xodimning oilasi davlat muhofazasiga olinadi.

    Ichki ishlar organlarida 2022 yil ish boshlagan Xosilbek 2024 yildan faoliyatini patrul post xizmatida davom ettirgan.

    'AQSHda "gigant chaqaloq" dunyoga keldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:35

    AQSHda "gigant chaqaloq" dunyoga keldi

    AQShning Itaka shahridagi tibbiyot markazida ogʻirligi 5,9 kg boʻlgan chaqaloq tugʻilgan.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:04

    'Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 16:19

    Oʻzbekiston Afgʻoniston-Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot berdi

    Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Afgʻoniston va Pokiston oʻrtasidagi chegarа hududida vaziyat keskinlashayotganidan chuqur xavotir bildirgan.

    'Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.'ning rasmi

    Jamiyat 27.02.2026 14:38

    Isroildagi o‘zbekistonliklar xavfsizlik choralarini kuchaytirishga chaqirildi.

    Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakaddagi vaziyat murakkabligi sabab fuqarolarni shaxsiy xavfsizlikka jiddiy eʼtibor qaratishga chaqirdi.