Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayevning ma'lum qilishicha, 25 oktyabr kuni tunda Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko'chasida 144 tup archa kesib tashlangan.
Guvohlarning so'zlariga ko'ra, bu ish shahar hokimi o'rinbosari Baxtiyor Rahimov topshirig'i bilan amalga oshirilgan.
Kusherbayevga ko'ra, bu Prezident farmoniga binonan joriy etilgan daraxt kesish moratoriyiga zid hisoblanadi. Hodisa bo'yicha ekologiya inspektorlari hujjatlar tayyorlab, ishni prokuraturaya yuborgan.
Rasul Kusherbayev hokimiyat vakillarini keskin tanqid qilib, "bugun ekologiyaning dushmani – hokimiyatlar" deya ta'kidladi. Uning so'zlariga ko'ra, aholining norozi bo'lishiga aynan mahalliy hokimlar sabab bo'lmogda.
Toshkent shahar hokimligi esa holat yuzasidan izoh berib, kesilgan archa daraxtlarining aksariyati kasallikka chalinganini, ularning o'rniga 83 tup yangi daraxt va 62 mingdan ortig'
Hokimlik bayonotida ta'kidlanishicha, Bobur ko'chasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari "shahar muhitini ekologik barqaror qilish" maqsadida amalga oshirilmogda.
Shu bilan birga, daraxtlarni ko'chirish jarayonida "mas'ullar e'tiborsizlikka yo'l qo'ygan" va bu bo'yicha xizmat tekshiruvi boshlandi.
Rasul Kusherbayev esa bu izohni "rasmiy oqlash" deb atab, Toshkentdagi ekologik muammolarning sababi hokimiyat tizimining o'zida ekanini aytdi. Uning fikricha, oddiy fuqaro bir tup daraxtni kesgan taqdirda jazoga tortiladi, biroq hokimiyat vakillarining qonunbuzarliklariga ko'z yumilmogda.
"Bilasizmi, bugun ekologiyaning eng katta dushmani hokimiyatlarning o'zi. Daraxtni kesib, yana soliq to'lovchilar puliga yangi daraxt ekish — bu ekologiya emas, bu isrof," — dedi u o'z videomurojoatida.
Kusherbayev Prezident tomonidan joriy etilgan moratoriy talablarini buzayotgan hokim o'rinbosarlari haqida qat'iy choralar ko'rilishini so'rab, "xalq hokimiyatdan emas, Prezidentdan norozi bo'layotgani xavfli tendentsiya" ekanini ham esladi.
Hozirda Ekologiya vazirligi mazkur holatni nazoratga olgan, prokuratura organlaridan esa "xolis va qonuniy baho" berish so'ralgan.






