Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24 oktabrda amalda bo‘ladigan qiymatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra:
dollar 28,04 so‘mga ko‘tarilib, 12 129,33 so‘m bo‘ldi;
yevro 30,08 so‘mga oshib, 14 061,53 so‘m bo‘ldi;
rubl 1,16 so‘mga ko‘tarilib, 149,17 so‘mni tashkil etdi.
O‘zbekistonda dollar kursi 17 oktabrdan buyon faqat pastlayotgandi. 23 oktabrda 90,27 so‘mga ko‘tarilib, 12 101,29 so‘m bo‘lgandi.