Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18–20°, kunduzi 22–24° bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12–17°, kunduzi 23–28° bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15–20°, kunduzi 20–25° bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12°, kunduzi 12–17° bo‘ladi.






