AsosiyBu qiziq

Har yili milliondan ortiq odam yo‘llarda halok bo‘ladi

Yo'l-transport hodisalari dunyo bo'yicha o'lim sabablari orasida sakkizinchi o'rinda turadi.

'Har yili milliondan ortiq odam yo‘llarda halok bo‘ladi'ning rasmi

Har yili dunyoda 1,2 million kishi yo‘llarda halok bo‘ladi va taxminan 50 million kishi jarohat oladi. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti axborot xizmati xabar qildi.

Bildirilishicha, yo‘l-transport hodisalari dunyo bo‘yicha o‘lim sabablari orasida sakkizinchi o‘rinda turadi. Bu besh yoshdan oshgan bolalar va yoshlar orasidagi o‘limning asosiy sabablaridan biridir.

Ayniqsa, past va o‘rta daromadli davlatlarda vaziyat og‘ir bo‘lib, yo‘llarda sodir bo‘ladigan o‘limlarning 90 foizi aynan shu mamlakatlarga to‘g‘ri keladi. Ko‘plab qurbonlar piyodalar, velosiped va mototsikl haydovchilari hamda bolalar bo‘lib, ular xavfsiz transport vositalari va yo‘l infratuzilmasiidan foydalana olmaydi.

Ta’kidlanishicha, muammoni hal etish uchun yechimlar allaqachon mavjud. Shaharsozlikni yaxshilash, xavfsiz jamoat transportini yo‘lga qo‘yish, shlem va xavfsizlik kamarlaridan majburiy foydalanish, tezlikni nazorat qilish hamda favqulodda holatlar uchun samarali protokollarni joriy etish kerak.

    Boshqa yangiliklar