Bugun, 21 oktyabr kuni poytaxt Toshkentning Shayxontohur tumanida avtomobil yonib ketdi. Bu haqda FVB axborot xizmati ma'lum qildi.
Qayd etilishicha, tungi soat 00:15 da sodir bo'lgan ushbu mudhish voqea Bunyodkor shox ko'chasida yuz bergan. Oqibatda avtomobil yonib ketgan.
Shunga ko'ra, yong'in-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:22 da etib borib, yong'in soat 00:29 da o'chirildi. Yong'in oqibatida jarohat olganlar yo'q.