AsosiyJamiyat

Samarqandda 9-sinf o‘quvchi qizlari ommaiviy mushtlashdi

Holati yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

'Samarqandda 9-sinf o‘quvchi qizlari ommaiviy mushtlashdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi 41-umumta'lim maktabining 9-sinf o‘quvchi qizlari janjallashgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 13 oktyabr kuni 9-“A” sinf o‘quvchisi F.F. bilan 9-“B” sinf o‘quvchisi R.G. kechga yaqin o‘zlarining yashash xonadonida uy telefonida o‘zaro gap talashgan. Oqibatda ular 14 oktyabr kuni 6-soat darsidan keyin “Qoratepa” MFYdagi Sarbozor ko‘chasida taxminan soat 14:20 lar atrofida o‘zaro janjallashgan. Voqea joyida o‘quvchilarning sinfdoshlari ham bo‘lgan.

Bildirilishicha, ushbu holat yuzasidan jarayonlarda ishtirok etgan o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan yig‘ilish o‘tkazilib, tushuntirish ishlari olib borilgan hamda tuman IIB mas'ullari tomonidan jarayonda ishtirok etgan jami 12 nafar o‘quvchining ota-onalariga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga (bolalarni tarbiyalash va ularga ta'lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) muvofiq ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.10.2025 21:50

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.10.2025 18:56

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.10.2025 18:35

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.10.2025 18:20

    ''ning rasmi

    Jamiyat 20.10.2025 16:40

    'Samarqandda 82 nafar tibbiyot xodimining 500 million so‘mdan ortiq ish haqi undirib berildi'ning rasmi

    Jamiyat 20.10.2025 15:41

    Samarqandda 82 nafar tibbiyot xodimining 500 million so‘mdan ortiq ish haqi undirib berildi

    Mehnat shartnomasi bekor qilingan xodimlarga to'lovlar to'lanmaganligi aniqlandi.