AsosiyDunyo

Biden davolanishni boshlagandan beri ilk bor koʻrinish berdi

AQShning sobiq prezidenti yuzidagi chandiq bilan omma oldiga chiqqan.

'Biden davolanishni boshlagandan beri ilk bor koʻrinish berdi'ning rasmi

AQShning sobiq prezidenti Jo Bayden prostata bezi saratoni tashxisi qo'yilib, davolanishni boshlagach, ilk bor jamoatchilikka ko'rinish berdi.

82 yoshli siyosatchi Delaver shtatidagi Avliyo Iosif cherkovida kechki ibodatda ishtirok etdi. OAV tomonidan e'lon qilingan suratlarda Bayden yonidagilarga suyanganda holda ko'rinadi. Uning o'ng ko'zining ustida esa yaqinda teri saratonini olib tashlash bo'yicha o'tkazilgan operatsiyadan qolgan chandiq aniq ko'rinib turibdi.

Bu marosim Bayden prostata saratonining to'rtinchi bosqichiga qarshi besh haftalik nurlanish va gormonal terapiya kursini boshlaganidan keyingi birinchi ommaviy chiqish hisoblanadi.

Baydenga og'ir turdagi saraton tashxis qilingan bo'lsa-da, shifokorlar u davolanishga ijobiy javob qaytarayotganini bildirgan. Hozirda u xususiy hayot tarzini olib borayotgan bo'lsa-da, yaqin orada bir nechta tadbirlarda ishtirok etishi kutilmogda.

    Boshqa yangiliklar