2025 yilning dastlabki 9 oyida O‘zbekistonda 52 mingdan ortiq ajrim ishi sudlarda ko‘rib chiqildi. Ulardan 27 578 tasi bo‘yicha nikohlar bekor qilindi, qolgan holatlarda esa da’volar rad etilgan, ko‘rmasdan qoldirilgan yoki ish yurituvi tugatilgan.
Sudlar bu davr ichida umumiy hisobda 8,2 trillion so‘mlik majburiy to‘lovlarni undirish haqida 1,1 milliondan ortiq sud buyrug‘ini chiqargan.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha esa 472 mingdan ortiq ish ko‘rib chiqilgan, ularning katta qismi moliyaviy, mulkiy va oilaviy masalalar taalluqli bo‘lgan.
Ajrim ishlari bo‘yicha sudlar har kuni o‘rtacha 100 tadan ortiq nikoh masalasini ko‘rib chiqmoqda.