AsosiyJamiyat

Vazir yosh bolani qutqargan talabani taqdirladi

Talaba tashakkurnoma hamda esdalik sovg'asi bilan taqdirlandi.

'Vazir yosh bolani qutqargan talabani taqdirladi'ning rasmi

Yangi hayot tumanida bolaning hayotini saqlab qolgan Toshkent kimyo-texnologiya instituti talabasi Muhriddin Ilashov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov tomonidan taqdirlandi.

Ma’lumki, 16 oktyabr kuni Yangihayot tumanida TKTIning talabasi Muhriddin Ilashov 4-qavat balkonida osilib qolgan bolani jasorat bilan qutqarib, uning hayotini saqlab qolgan edi.

Bugun, 18 oktyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov yosh qahramonning mardligi va fidoyiligini e’tirof etib, unga tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘asini topshirdi.

Taqdirlash chog‘ida vazir Muhriddin Ilashovning bu ishi nafaqat o‘zi tahsil olayotgan institut, balki butun yoshlar uchun ibrat ekanini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u yoshlar orasida insonparvarlik, vatanparvarlik va jasorat tuyg‘ularini yanada mustahkamlash muhimligini qayd etdi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Surxondaryoda arxitektor pora bilan ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:36

    Surxondaryoda arxitektor pora bilan ushlandi

    Qurilish ishlarini loyihalashtirishga ixtisoslashgan MChJ arxitektori pora olgan vaqtida ushlandi.

    'Yevropadan Turkiyaga 30 kg kokain olib kirishda gumonlangan o‘zbekistonlik ishi sudda ko‘rildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:23

    Yevropadan Turkiyaga 30 kg kokain olib kirishda gumonlangan o‘zbekistonlik ishi sudda ko‘rildi

    Bosh konsulxona usbu sudda ishtirok etdi va voqea tafsilotlarini ochiqladi.

    'Surxondaryoda MIB xodimlari pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:15

    Surxondaryoda MIB xodimlari pora olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi

    Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmоqda.

    'Navoiyada tuman FVB boshlig‘i 3000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:58

    Navoiyada tuman FVB boshlig‘i 3000 dollar pora bilan qo‘lga tushdi

    Hozirda mansabdorqa nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugun respublika bo‘ylab bulutli ob-havo hukm suradi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:09

    Bugun respublika bo‘ylab bulutli ob-havo hukm suradi

    19 oktyabr kungi ob-havo ma'lumotlari e'lon qilindi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 18.10.2025 20:10