DXX axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, qurilish ishlarini loyihalashtirishga ixtisoslashgan MChJ arxitektori Muzrabot tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirgan holda, unga qarashli bo‘lgan, qurilishi tugallanmagan noturar bino loyiha hujjatlarini tegishli tashkilotlardan “muammosiz” o‘tkazib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 17 mln. so‘m talab qilgan.
DXX va ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shundan so‘ng, tezkor tadbir davom ettirilib, arxitektor 17 mln so‘mdan 1 mln so‘mini Muzrabot tuman qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘iga berishi kerakligi ma’lum bo‘lib, mazkur mansabdor ham ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmokda.