Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uylardan birida balkondan tushib ketishi mumkin bo‘lgan go‘dakni bir yigitdan qutqarib qolgani aks etgan video tarqalgan. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy ma’lumot berdi. Qayd etilishicha, 4-qavatdan tushib ketishi mumkin bo‘lgan bolakayni 5-qavatda yashovchi talaba yigit qutqarib qolgan. “Taxminan soat 11 larda edi. Birdan baqir-chaqir ovozlari eshitildi. Pastdagi qo‘shnimizning farzandlari balkondan tushib ketayotgan ekan. Hech qanday himoya vositalarisiz pastga tushishga to‘g‘ri kelib qoldi. Pastga tushib, bolani qutqarib qoldik. Uchta farzandlari bor ekan, uchalasini ham olib, ichkariga kiritib qo‘ydik”, deydi talaba yigit. Voqeadan so‘ng holat yuzasidan mahalla profilaktika inspektori bolalarning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazgan. “Biz ham pastda mahalladagilar bilan xavfsizlik chorasini ko‘rib turgan edik. Shu paytda 5-qavatda yashovchi fuqaromiz jonbozlik ko‘rsatib, 4-qavatga sakrab tushdi va bolaning jonini saqlab qoldi”, deydi profilaktika inspektori Nodir Oxunov.