AsosiyJamiyat

Afgʻonistondan Andijonga olib ketilayotgan qariyb 5 kg gashish Ohangaron postidan oʻtolmadi

Shuningdek, Buxoroda salqam 50 kg giyohvandlik vositasi yashirilgan joy topildi. U O‘zbekiston hududidan transit sifatida olib o‘tilishi kerak bo‘lgan.

'Afgʻonistondan Andijonga olib ketilayotgan qariyb 5 kg gashish Ohangaron postidan oʻtolmadi'ning rasmi

DXX axborot xizmatining bergan xabariga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, “Toshkent-Andijon” yo‘nalishida harakatlanayotgan Andijon shahrida yashovchi, 1988 y.t. fuqaro boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli transport vositasi Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan “Chinor” yo‘l patrul xizmati maskanida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. 

Natijada, mashinada u bilan ketayotgan sherigi – Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahrida yashovchi, 1971 y.t. Qirg‘iziston fuqarosining yonida 4 kg 897 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, prosessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi ushbu ajal og‘usini Buxoro tumanidagi dala maydonidagi xufiya joydan olganligi aniqlanib, mazkur hudud ko‘zdan kechirilganda, u yerda yana 45 kg 52 gr. “gashish” moddasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, muqaddam uchinchi shaxslar tomonidan Afg‘onistondan kontrabanda yo‘li bilan Buxoro viloyatiga yetkazib berilgan ushbu qariyb 50 kg giyohvandlik vositasi O‘zbekiston hududidan transit sifatida olib o‘tilishi kerak bo‘lgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 13:00

    'Toshkentda avtobus, Cobalt va BYD to‘qnashdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 12:06

    Toshkentda avtobus, Cobalt va BYD to‘qnashdi

    YTHga avtobus oraliq masofani saqlamasdan harakatlangan sabab bo‘lgan.

    'Toshkentda talaba yigit balcondan tushib ketmoqchi bo'lgan bolani qutqarib qoldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:12

    'Oliy sud: Taftish tartibida quyi sudlarning 130 ta qarori bekor qilindi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:16

    Oliy sud: Taftish tartibida quyi sudlarning 130 ta qarori bekor qilindi

    Sudlarga qaysi yo‘nalishlarda ko‘proq da’vo arizalari kelib tushmoqda?

    'Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:14

    Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin

    Respublika boʻylab havo harorati sezilarli darajada pasaydi.

    'Endi reklamalarda kreditning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirish berilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 17.10.2025 17:15

    Endi reklamalarda kreditning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirish berilishi mumkin

    Raqobat qoʻmitasi Markaziy bank bilan hamkorlikda "Reklama toʻgʻrisida"gi qonunga tegishli qoʻshimchalar kiritishni taklif qilmoqda.