Instagram ijtimoiy tarmog‘i 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilar uchun maxsus “13+” cheklov tizimini joriy etilmoqda. Bu tizim AQShda filmlar uchun ishlatiladigan “PG-13” reytingiga o‘xshash bo‘ladi va ota-onalarga farzandlarini yanada yaxshiroq nazorat qilish imkoniyatini beradi.
Meta bu o‘zgarishlar orqali voyaga yetmaganlarga nomaqbul kontentlar — qo‘pol so‘zlar, giyohvandlikka oid sahnlar, spirtli ichimliklar, shuningdek, zoravonlik va shahvoniy kontentlarni cheklamoqchi.
Yangi tizimga 18 yoshdan kichik foydalanuvchilar avtomatik tarzda 13+ sozlamalarga o‘tkaziladi. Bu sozlamani faqat ota-onalarning ruxsati bilan o‘zgartirish mumkin bo‘ladi. Ba’zi qidiruv so‘zlari (masalan, alkogol), hatto xato yozilgan bo‘lsa ham, bloklanadi.
Tizim dastlab AQSh, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Kanadada ishga tushadi. Yevropa va boshqa mamlakatlarga esa kelasi yil yetib borishi rejalashtirilgan. Ba’zi mutaxassislar bu o‘zgarishlar yetarli emasligini aytmoqda. Ayrim tadqiqotlarda Instagramdagi xavfsizlik vositalarining 64 foizi samarasiz deb topilgan. Meta esa bu da’volarni rad etadi.