Sammittda ishtirok etgan davlatlar Gazodagi urushni tugatish va mintaqani qayta tiklashga oid muhim qadamlarni belgiladi.
AQSh Prezidenti Donald Trump bu kuni Yaqin Sharq va butun dunyo uchun "tarixiy tong" deb atadi. Biroq HAMAS va Isroil bosh vaziri Netanyahu sammittda ishtirok etmadi.
Kelishuvga ko'ra, Isroil qo'shinlari Gazo hududlaridan bosqichma-bosqich chiqib, falastinliklar o'z uylariga qaytishi uchun sharoyit yaratadi.
Shu bilan birga, HAMASni qurolsizlantirish va Gazoni barqaror boshqirish bo'yicha keyingi muzokaralar davom etadi. Mintaqani tiklash uchun 53 milliard dollar zarurligi ta'kidlandi, Misr esa noyabrdda moliyaviy konferensiya o'tkazishni rejalashtirmoqda.
Shuningdek, 20 nafar Isroil garovdagilari HAMASdan ozod qilinib, uyiga qaytarildi. Isroil esa 2 mingga yaqin falastinlik mahbusni ozod qilish ustida ishlamoqda.
Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Layen kelishuvni "butun dunyo uchun yengillik" deb baholadi va tinchlik rejasini qo'llab-quvvatlashini bildirdi. Sammittda 20 dan ortiq jahon yetakchilari, jumladan Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer va Germaniya kansleri Fridrix Merts ishtirok etdi.