AsosiyJamiyat

Solıq qo‘mitasi shubhali "tadbirkor"lar ro‘yxatini e’lon qildi

2025 yilning o‘zida faoliyatida shubhali holatlar kuzatilgan 902 ta “tadbirkor” aniqlandi.

'Solıq qo‘mitasi shubhali "tadbirkor"lar ro‘yxatini e’lon qildi'ning rasmi

Solıq qo‘mitasi tadbirkorni norasmiy subyektlar bilan hamkorlik qilishdan ogohlantirdi.

Qo‘mita saytida norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritib, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan 7 522 ta subyekt ro‘yxati e’lon qilindi. Bu orqali biznesmenlar hamkorining qanchalik ishonchli ekanini tekshirib olishi mumkin.

Qayd etilishicha, 2025 yilning o‘zida faoliyatida shubhali holatlar va naqdlashtirish kuzatilgan 902 ta "tadbirkor" aniqlangan.

Kontragentlarning ishonchliligini anilashda moliyaviy hisobotlarni, Solıq qo‘mitasining rasmiy veb-sahifasida reyestrda borligini, ofis va omborlarning mavjudligini, hamkorning ijtimoiy tarmoqda borligi va boshqa mavjud ma’lumotlarni tekshirish tavsiya etildi.

Ta’kidlanishicha, tadbirkorning hamkorida norasmiy iqtisodiy faoliyat yuritganlik holatlari anidlansa, solıq organlari ayrim operatsiyalarni e’tiborga olmaslikka hamda to‘lanishi lozim bo‘lgan solıqlar summalarini o‘zgartirishga haqli.

Bunday subyektlar bilan hamkorlik qilish solıq to‘lashdan bo‘yin tovlash sifatida ham qaralishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar