AsosiyJamiyat

Poytaxtda maktab alanga ichida qoldi

Yongin Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan maktablarning birida sodir bo'lgan.

'Poytaxtda maktab alanga ichida qoldi'ning rasmi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi maktablarning birida yong‘in sodir bo‘ldi. FVV holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, bugun, 13 oktyabr kuni soat 17:23 da Toshkent shahar FVBga 208-maktab hududidagi ta’mirlanayotgan bo‘sh binoning tom qismida yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 17:28 da yetib borib, yong‘in soat 17:39 da qurshab olingan hamda soat 17:42 da bartaraf etilgan. Yong‘in vaqtida maktab xodimlari va o‘quvchilar bo‘lmagan.

Hodisaning sababi ta’mirlash ishlari vaqtida yong‘in xavfsizlik qoidalariga rioya etmaganlikdan, deya taxmin qilinmoqda, zarari aniqlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar