Toshkent shahrida 2 ta Matiz to'qnashuvi oqibatida uch kishi jarohatlandi. Bu haqda IIBB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea kecha, 12 oktyabr kuni soat 16:05 larda Sergeli tumanidagi Fayzli Toshkent ko'chasida yuz bergan. 2 ta Matiz rusumli avtomashinalar to'qnashuvi oqibatida yo'l-transport hodisasi sodir bo'lgan.
Oqibatda 3 nafar YTH ishtirochilariga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko'rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YXHB mas'ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmokda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Andijon viloyatida Nexia-3 rusumli avtomobil haydovchisi piyodalar o'tish joyidan o'tayotgan ikki nafar maktab o'quvchisini urib ketgan