AsosiyDunyo

Indoneziya isroillik sportchilarga Jahon chempionati uchun viza berishdan bosh tortdi

Mamlakatning huquq va inson huquqlari bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi vaziri Yusril Ihza Mahendra buni tasdiqladi.

'Indoneziya isroillik sportchilarga Jahon chempionati uchun viza berishdan bosh tortdi'ning rasmi

Indoneziya hukumatı isroillik sportchilarga Jakartada boʻlib oʻtadigan gimnastika boʻyicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun viza berishdan bosh tortdi. Mamlakatning huquq va inson huquqlari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi vaziri Yusril Ihza Mahendra buni tasdiqladi. Bu haqda “Arabnews” nashri xabar berdi.

Vazirning soʻzlariga koʻra, hukumatning bu qarori Indoneziyaning Falastinni qoʻllab-quvvatlash siyosatiga asoslangan.

“Indoneziya hukumati Isroil erkin va suveren Falastin davlatini tan olmaguncha, u bilan hech qanday aloqada boʻlmaydi”,  dedi Mahendra.

Gimnastika boʻyicha Jahon chempionati joriy yilning 19-25 oktyabr kunlari Indoneziyada oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Musobaqada 79 davlatdan 500 dan ortiq sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Immigratsiya vaziri Agus Andriantoning soʻzlariga koʻra, isroillik sportchilarga viza berilmasligi Indoneziya gimnastika federatsiyasining rasmiy iltimosiga binoan amalga oshirilgan. U bu qarorni tasdiqlagan, biroq qoʻshimcha izoh bermagan.

Indoneziya va Isroil oʻrtasida rasmiy diplomatik aloqalar mavjud emas. Shu sababli, Isroil fuqarolari mamlakatga faqat alohida ruxsat asosida, qisqa muddatga kira oladi.

    Boshqa yangiliklar